Jahon | 20:37 / 02.12.2015
3699
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiya shahzodasi Mikasa 100 yillik yubileyini nishonladi

Shahzoda Mikasa Yaponiya imperatorlik xonadonining 100 yoshga chiqqan ilk namoyondasiga aylandi. Bu haqda The Asahi Shimbun nashrida yoziladi.

Ushbu shahzoda 1915 yilning 2 dekabr kunida tug‘ilgandi. U Ikkinchi Jahon urushi davridagi yapon imperatori Xiroxitoning kichik ukasi va amaldagi imperator Akixitoning amakisi hisoblanadi. Mikasa uch nafar o‘g‘il ko‘rgan. Uning oilasida shuningdek, 9 nabira va 4 evara tug‘ilgan.

"Butun dunyodagi odamlar baxtli bo‘lishi uchun ibodat qilaman va meni 70 yildan ortiq vaqt davomida qo‘llab-quvvatlab kelgan rafiqam Yurikoga minnatdorchiligimni bildiraman. Qolgan umrimni tinchlik va xursandchilik bilan o‘tkazishni istayman", deydi shahzoda imperatorlik saroyi xabarnomasida.

Qayd etilishicha, Mikasa va Yuriko har kuni badantarbiya mashg‘ulotlarini bajarishadi. Ularning bu mashg‘uloti davomiyligi 30 daqiqaligi aytilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish