Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belgiyada Parijdagi teraktlarga aloqadorlikda gumonlanayotgan ikki kishi qo‘lga olindi
Belgiya hukumati Parijdagi teraktlarni amalga oshirishga aloqadorlikda gumonlanayotgan yana ikki kishi qo‘lga olinganini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.
Prokuratura ma'lumotlariga ko‘ra, Bryussel aeroportida Marokashga uchib ketmoqchi bo‘lgan Fransiya fuqarosi ushlangan. Ta'kidlanishicha, u ikki marta Suriyaga borishga uringan.
Shuningdek, u Parijdagi teraktlarda aybdor bo‘lgan terrorchi-xudkushlardan biriga hamrohlik qilgan.
Ikkinchi gumonlanuvchi aeroportda o‘tkazilgan operatsiya davomida ushlangan.
Ma'lum qilinishicha, erkaklar Belgiyaning Molenbek kommunasida yashashgan.
Qo‘lga olinganlar terrorchilik faoliyatida ishtirok etishda ayblanmoqda.
Noyabrda Parijda bir qator teraktlar amalga oshirilgan. Kafe, “Bataklan” teatridagi odamlarning o‘qqa tutilishi va “Stad de Frans” stadioni yonidagi portlatishlar oqibatida 130 kishi halok bo‘lgandi.