Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 07:48 / 03.12.2015
3458
1 daqiqa o‘qiladi
Braziliyada prezident Dilma Russefni impichment qilish jarayoni boshlandi
Braziliyada prezident Dilma Russefni impichment qilish jarayoni boshlandi, deb ma'lum qildi Braziliya kongressi quyi palatasi rahbari Eduardu Kunya. Bu haqda Associated Press axborot agentligi ma'lum qildi.
Iyul oyida muxolifat Russef tomonidan moliyalarning noqonuniy ishlatilishi haqidagi ma'lumot sababli unga impichment qo‘llashga chaqirgandi.
Russefning o‘zi Petrobras davlat neft kompaniyasi atrofidagi korruptsion mojaroga aloqasi yo‘qligini ta'kidlamoqda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish