Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 15:14 / 03.12.2015
3748
1 daqiqa o‘qiladi
Farg‘onada Mercedes ichidan ko‘p miqdorda pul o‘g‘irlab ketildi
Farg‘onada Mercedes ichidan ko‘p miqdorda pul o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.
Aytilishicha, Farg‘ona shahrining ko‘chalaridan birida qarovsiz qoldirilgan Mercedes rusumli mashinaning qulfi tungi paytda buzilib, uning ichidan katta miqdordagi pul olib chiqib ketilgan. Pulning aniq miqdori xabar qilinmadi.
Voqea joyiga yetib kelgan militsiyachilar surishtiruv ishlarini olib borishdi. Tezkor qidiruv tadbirlari natijasida shaharda yashovchi Nosir ismli shaxs gumon qilinuvchi sifatida qo‘lga olindi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish