Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FIFA JCh ishtirokchilari sonini 40taga oshirish masalasini muhokama qiladi
FIFA futbol bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etadigan jamoalar sonini 32tadan 40tagacha oshirish masalasini ko‘rib chiqadi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, mazkur o‘zgarish FIFA ijroqo‘mi tomonidan hattoki tashkilotga a'zo bo‘lgan 209 mamlakatlar rozligisiz ham chiqarilishi mumkin.
Xabar qilinishicha, mazkur taklif tashkilotning bugun Tsyurixda bo‘lib o‘tadigan FIFA qaytadan tashkil etish bo‘yicha yig‘ilishda kun tartibiga qo‘yiladi.
Agar jahon chempionatida ishtirok etadigan jamoalar soni 40tagacha oshirilishga ruxsat berilsa, mazkur yangi qoida JCh-2026 musobaqalaridan boshlab tadbiq etilishi mumkin.