10:50 / 03.12.2015
1975

FIFAning 2015 yildagi zarari miqdori 100 mln dollarga yaqinni tashkil qildi

FIFAning 2015 yil yakunlari bo‘yicha moliyaviy ko‘rsatkichlari prognozi ma'lum qilindi.

Xabar qilinishicha, tashkilotda yuzaga kelgan korrupsiya bilan bog‘liq mojarolar tufayli FIFAning daromadlari pasaygan. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, FIFA 2015 yilda 103 million frank (100 million dollar) zarar ko‘rgan.

Eslatib o‘tamiz, bu tashkilot so‘nggi marta 2001 yilni zarar bilan yakunlangani qayd etilgandi.

FIFAning moliyaviy natijalari haqida rasmiy ma'lumot keyinroq oshkor qilinishi aytilgan.

Top