Jahon | 09:33 / 03.12.2015
1560
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniya Afg‘onistondagi islohotlar uchun 350 mln yevro ajratadi

Germaniya Afg‘onistonda 2016 yilda o‘tkaziladigan islohotlar uchun 350 million yevro ajratishini ma'lum qildi. Shuningdek, kelgusi yilda mamlakatdagi o‘z qo‘shinlari sonini 980 nafarga qadar oshiradi, deya xabar bermoqda Khaama Press agentligi.

Germaniya Tashqi ishlar vaziri Frank-Valter Shtaynmayyer 1 bu haqda 1 dekabr kuni Bryusselda bo‘lib o‘tgan NATO konferensiyasidan so‘ng ma'lum qilgan.
“Germaniya afg‘on xavfsizlik kuchlari malakasini oshirish va NATOning “Hal qiluvchi kzmak” missiyasi doirasida Afg‘oniston tuzilmalariga yordam ko‘rsatishda davom etadi”, - dedi u.

Vazir o‘z so‘zida afg‘on hukumatini xalqaro hamjamiyat oldidagi vazifalarini ado etish, islohotlarni tezlashtirish hamda poraxo‘rlikka qarshi kurashga chaqirdi.
Ayni paytda Afg‘onistonda Germaniya qo‘shinlarining soni haqida aniq ma'lumotlar haqida to‘xtalib o‘tilmadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish