Jahon | 17:34 / 03.12.2015
2991
2 daqiqa o‘qiladi

Gruziya Saakashvilini fuqarolikdan mahrum etish bo‘yicha jarayonni boshladi

Gruziya Adliya vazirligi mamlakat prezidenti Georgiy Margvelashviliga sobiq prezident, Ukrainaning Odessa viloyati gubernatori Mixail Saakashvilini mamlakat fuqaroligidan mahrum qilish bo‘yicha murojaat bilan chiqdi. «Interfaks» axborot agentligi bergan ma'lumotga ko‘ra, vazirlik bugun mazkur murojaatni prezident ma'muriyatiga jo‘natgan.

«Ukraina fuqarosi Mixail Saakashvilini Gruziya fuqaroligidan mahrum qilishi bo‘yicha ishlar boshlangan. So‘nggi qaror Gruziya prezidenti chiqarishi kerak bo‘ladi», - deya ta'kidlagan vazirlik vakili Tsulukiani.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Saakashvilida nima sababdan Ukraina fuqaroligini qabul qilgani bo‘yicha tushintirish berish uchun bir oy vaqti bo‘lgan, lekin u bu ishni qilishni istamagan.

Oldinroq, Gruziya Adliya vazirligi Saakashvilini fuqarolikdan chiqarish masalasini o‘rtaga qo‘yib, rasmiy Kiyevdan uning rostan ham Ukraina fuqaroligini olgani borasida axborotni tasdiqlashini so‘rab murojaat qilgani haqida xabarlar tarqatilgandi.

O‘z navbatida Saakashvili o‘zining feysbukdagi sahifasida videomurojaat bilan chiqib, hozirgi Gruziya hukumati uni mamlakat prezidentligi uchun saylovlarda ishtirok etishidan xavfsiragani uchun fuqarolikdan mahrum qilishni xohlayotganini ma'lum qilgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish