12:08 / 03.12.2015
8229

Guardian: IShIDning sobiq asiri Suriyani bombalamaslikni so‘ramoqda

10 oy davomida IShID jangarilari qo‘lida hibsda saqlangan fransuz jurnalisti Nikolas Enen xalqaro hamjamiyatdan Suriyani bombalamaslikni so‘ramoqda, deya yozdi The Guardian gazetasi.

Uning fikricha, bombalash – faqatgina IShIDga foyda keltiradigan tuzoq. Boshqa mamlakatlar terroristlar ustidan g‘alabaga erishmoqchi bo‘lsa, suriyaliklar bilan hamkorlik qilishi lozim, ularning yurtini bombardmon qilgandan ko‘ra.
“Bu urushda yangi va qimmat qurollarga ega tomon emas, balki odamlarni jalb qila oladiganlar g‘alaba qozonadi”, - dedi jurnalist.

Enen so‘zlariga ko‘ra, IShID jangarilari “parallel dunyoda” yashashadi. Uning aytishicha, jangarilarning xushi o‘zida emas, ular yaqin vaqtlar ichida musulmonlar va 80ta davlatdan iborat koalitsiya o‘rtasida qarama-qarshilik bo‘lishi haqidagi bashoratga ishonishadi.
Nashr ma'lumotiga ko‘ra, Nikolas Enen boshqa fransuz asirlari bilan birgalikda 2014 yilda ozod qilingan edi.

Top