Jahon | 21:10 / 03.12.2015
1989
2 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreya 2016 yilda harbiy byudjyetini 34,9 mlrd dollargacha oshiradi

Janubiy Koreya parlamenti 3 dekabrda 2016 yil uchun mudofaa byudjyetini ma'qulladi. Janubiy Koreya rejalashtirish va moliya vazirligining ma'lum qilishicha, yangi byudjyet joriy byudjyetdan 3,6 foizga ko‘proqni tashkil qilib, 38,8 trln vongacha (34,9 mlrd dollar) yetkaziladi.

Bu summadan 30 foizi qo‘shinlarni modernizatsiya qilish uchun, qolgani ularni jangovor holatda ushlashga sarflanadi.

Janubiy Koreya moliya vazirligi bergan hisobotga ko‘ra, mablag‘lardan bir qismi harbiylar sonini oshirishga sarflanadi – keyingi yilda Janubiy Koreya armiyasi 10 ming kishiga ko‘paytiriladi. Shuningdek, kazarmalarni qayta jihozlash, harbiy gospitallarni takomillashtirish, harbiylarning maoshlarini oshirish, qurol-aslaha, jumladan Surion vertolyotlari ishlab chiqarish ko‘lamlarini kengaytirish rejalashtirilmoqda.

Koinot yo‘ldoshlari kuzatuviga xarajatlar anchagina qisqartiriladi: bu maqsadlar uchun dastlab belgilangan 9 mln dollar o‘rniga faqatgina 1,8 mln dollar ajratiladi. Shuningdek, KF-16 qiruvchi samolyotini modernizatsiya qilish loyihasini moliyalashtirish ham qisqartiriladi.

Umuman, Janubiy Koreyaning keyingi yilgi byudjyeti 386,4 trln vonni (347,7 mlrd dollarni), ya'ni joriy yildagiga nisbatan 2,9 foiz ko‘proqni tashkil qiladi.  

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish