Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kaliforniyada otishma sodir etganlar politsiyadan qochish vaqtida bomba portlatishgan
Kaliforniyaning San-Bernardino shahrida otishma sodir etganlar politsiya ta'qibidan qochish vaqtida bombadan foydalanishdi. Bu haqda CNN xabar tarqatgan.
Politsiyachilardan biri jarohatlangani aytilgan.
Jinoyatchilarni qo‘lga olish amaliyoti o‘tkazilayotgan hududga zirxli texnikalar olib kelingan.
3 dekabrga o‘tar kechasi Kaliforniya shtatining San-Bernardino shaharchasida (Los-Anjyeles yaqinida) noma'lum shaxslar jismoniy imkoniyati cheklangan kishilar uchun markaz hududiga bostirib kirib, tartibsiz ravishda o‘t ochishgan. Bu otishma natijasida 14 kishi halok bo‘lgan va 17 kishi yaralangan.
Dastlabki ma'lumotlarda hujum qiluvchi guruh 3 kishidan iborat bo‘lgani aytilgan.