Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kaliforniyada otishma sodir etganlardan birining shaxsi ma'lum bo‘ldi
Kaliforniya shtatidagi San-Bernardino shaharchasidagi jismoniy imkoniyatlari chegaralanganlar markazida otishma uyushtirib, 14 kishini o‘ldirgan va 17 kishini jarohatlagan 3 kishilik guruh vakillaridan birining shaxsi tasdiqlandi. NBC telekanali ma'lumotiga ko‘ra, qo‘lga olingan jinoyatchining ismi Said Faruq.
Guruhni bartaraf etish vaqtida o‘ldirilgan jinoyatchi ayolning shaxsi tasdiqlanmagan. Qidiruvdagi uchinchi jinoyatchi esa Said Faruqning akasi ekani aytilgan.
Bundan oldinroq, FQB Kaliforniyadagi otishma terakt sifatida baholanishi mumkinligini istisno qilmagani to‘g‘risida xabar berilgandi.
3 dekabrga o‘tar kechasi Kaliforniya shtatining San-Bernardino shaharchasida (Los-Anjyeles yaqinida) noma'lum shaxslar jismoniy imkoniyati cheklangan kishilar uchun markaz hududiga bostirib kirib, tartibsiz ravishda o‘t ochishgan. Bu otishma natijasida 14 kishi halok bo‘lgan va 17 kishi yaralangan.
Kaliforniya politsiyasidan qochayotgan jinoyatchilar bomba portlatishgan.
Biroz oldinroq, bu otishmaga markazdagi ziyofatda kelib chiqqan janjal sabab bo‘lgani haqida xabar berilgandi.