Jahon | 08:34 / 03.12.2015
2395
1 daqiqa o‘qiladi

Kaliforniyada otishma uyushtirganlardan 2 nafari o‘ldirildi

Associated Press agentligi xabariga ko‘ra, Kaliforniya shtatining Sen-Bernardino shaharchasidagi jismoniy imkoniyati cheklanganlar markaziga bostirib kirib, odamlarni o‘qqa tutgan jinoyatchilarning 2 nafari yo‘q qilingan.

Mahalliy politsiyaning bildirishicha, hujum qiluvchilar harbiy kiyimda bo‘lgan. O‘ldirilganlarning biri ayol, ikkinchisi erkakligi aytilgan.

Bundan oldinroq, Kaliforniya politsiyasidan qochayotgan jinoyatchilar bomba portlatishgani xabar qilingandi.

MQB bu harakatning terrorchilikka aloqadorligi haqidagi ma'lumotlarga munosabat bildirmagan.

3 dekabrga o‘tar kechasi Kaliforniya shtatining San-Bernardino shaharchasida (Los-Anjyeles yaqinida) noma'lum shaxslar jismoniy imkoniyati cheklangan kishilar uchun markaz hududiga bostirib kirib, tartibsiz ravishda o‘t ochishgan. Bu otishma natijasida 14 kishi halok bo‘lgan va 17 kishi yaralangan.

Dastlabki ma'lumotlarda hujum qiluvchi guruh 3 kishidan iborat bo‘lgani aytilgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish