Jahon | 08:36 / 03.12.2015
2052
1 daqiqa o‘qiladi

Kemeron parlamentning Suriyada IShIDga qarshi kurashish qarorini ma'qulladi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron o‘zining tvitterida mamlakatning Suriyada IShID jangarilariga qarshi harbiy operatsiya boshlash bo‘yicha parlament qarorini ma'qulladi.

“Men quyi palata to‘g‘ri qaror qabul qilgani va Buyuk Britaniyaning xavfsizligini ta'minlaganiga ishonchim komil”, deb yozdi Kemeron.

Kemeron Suriyadagi harbiy harakatlar “yagona umumiy strategiyaning bir qismi hisoblanishini” aytdi.

Avvalroq britan qiruvchi samolyotlari Kiprdagi aviabazadan Suriyaga jo‘nab ketgani ma'lum qilingandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish