Sport | 08:46 / 03.12.2015
4183
2 daqiqa o‘qiladi

«Liverpul» «Sautgempton»ni 6:1 hisobida yengib, Angliya liga kubogining yarim finaliga chiqdi

2 dekabr kuni Angliya Liga kubogining chorak final bosqichining to‘rtinchi juftligi “Sautgempton” hamda “Liverpul” klublari o‘rtasidagi uchrashuv o‘tkazildi.

Unda 1:6 hisobi qayd etilib, mersisaydliklar yirik hisobda g‘alaba bilan qaytdi.

Dastlabki daqiqadayoq, Sado Manening goli “Sautgempton”ni hisobda oldinga chiqdi.

Mehmonlar tarkibida belgiyalik hujumchi Oriji xet-trik qayd etgan bo‘lsa, jarohatidan tuzalib safga qaytgan Starrij dublga mualliflik qildi. Jordan Ayb esa o‘z hisobiga bitta gol yozib qo‘ydi.

Shu tariqa, Klopp shogirdlari qiyinchiliksiz musobaqaning yarim final bosqichiga chiqishdi.

1 dekabr oqshomidagi o‘yinlar natijasida turnirning yarim finaliga "Manchester Siti", "Everton" va "Stok Siti" jamoalari chiqishgandi.

Angliya kubogi, 1/4 final

Sautgempton – Liverpul 1:6 (1:3, 0:3)
Gollar: 1:0 – 1 Mane, 1:1 – 25 Starrij, 1:2 – 29 Starrij, 1:3 – 45 Oriji, 1:4 – 68 Oriji, 1:5 – 73 Ayb, 1:6 – 86 Oriji.
Sautgempton – Stekelenburg, Kolker, Soaresh (Uord-Prouz, 63), Bertran, van Deyk, Tadich, Devis (Romeu, 77), Klasi (Long, 63), Vanyama, Mane, Pelle.
Liverpul – Bogdan, Moreno (Smit, 77), Lovren, Shkrtel, Leyva, Rendell, Jan, Allen (Xenderson, 74), Lallana, Starrij (Ayb, 59), Oriji.
Ogohlantirishlar: Rendell (8), Jan (65).