15:28 / 03.12.2015
6762

National Interest: Rossiya va Turkiya bahsida g‘oliblar bo‘lmaydi

Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi aloqalar tiklanmasa, bu ixtilof IShIDni yo‘q qilib, Suriyadagi fuqarolik urushini to‘xtatishga bo‘lgan harakatlarga barham beradi, deb hisoblaydi The National Interest nashri.

Maqola muallifining fikricha, Rossiya va Turkiya o‘rtasida keskinlikning yuzaga kelishi jahon hamjamiyatini birlamchi masalalar – Yaqin Sharqdagi nizo va terrordan chalg‘itmoqda. Vashingtonga esa bu masalani hal qilishda yetakchilik xislatlari kamlik qilmoqda.

Aytilishicha, Suriya havo hududi nazorat ostiga olingan taqdirda, Rossiya va NATO o‘rtasidagi keskinlikni osonlikcha bartaraf qilish mumkin bo‘ladi. Umuman, Rossiya bilan san-manga borish alyansning va AQShning manfaatlariga zid keladi.

Tahlilchining fikriga ko‘ra, G‘arb ittifoqchisi bo‘lgan Turkiyani qo‘llashni to‘xtatmagan holda muammoni tinch yo‘l bilan hal qilishi lozim.

Top