Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Turkiya Rossiyadan suyultirilgan uglevodorod gazi importini 25 foizga qisqartirmoqchi
Turkiya keyingi yilda Rossiyadan suyultirilgan uglevodorod gazi importini 25 foizga qisqartirishga tayyorlanmoqda, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Bu haqda manbalar xabar berdi. Ularning aytishicha, bu qadam Su-24 samolyoti urib tushirilgandan keyin yuzaga kelgan Turkiya va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlarning tangligi bilan bog‘liq.
Avvalroq Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev Turkiyadan Rossiyaga 2016 yil 1 yanvaridan olib kirilishi taqiqlangan mahsulotlar ro‘yxatini tasdiqlagani ma'lum qilingandi. Ushbu ro‘yxatga meva-sabzavotlar, parranda go‘shti va tuz kiritilgan, limon, yirik shoxli mol go‘shti va baliq kiritilmagan.