Sport | 15:11 / 03.12.2015
3608
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston terma jamoasi FIFAning yangi reytingida 3 pog‘ona pastladi

FIFA noyabr oyi uchun terma jamoalar reytingini e'lon qildi.

O‘zbekiston terma jamoasi ushbu reytingda o‘tgan oydagidan uch pog‘ona pasayib, 74-o‘ringa tushgan. Ayni paytda terma jamoa hisobida 470 ochko mavjud.

Osiyoda O‘zbekiston 6-o‘rinda qayd etilgan. Undan yuqori o‘rinlarda Eron (45 o‘rin), Janubiy Koreya (51 o‘rin), Yaponiya (53 o‘rin), Avstraliya (57 o‘rin) va BAA (65 o‘rin) joylashgan.

MDH mamlakatlari orasida eng yuqori natija o‘tgan oyda 2016 yilgi Yevropa chempionatiga yo‘llanma olgan Rossiyaga (24 o‘rin) tegishli. Fransiya maydonlarida o‘tadigan Yevro-2016 uchun yo‘llanma olgan Ukraina esa 29 o‘rinda. Belarus 67 o‘rinda joylashgan.

Umumiy reytiingda hamon Belgiya terma jamoasi yetakchilik qilmoqda. Bu oyda Germaniya terma jamoasi 4-o‘ringa tushib ketgani bois, Argentina va Ispaniya terma jamoalari yuqorilashga muvaffaq bo‘lgan.

1. Belgiya

2. Argentina
3. Ispaniya
4. Germaniya
5. Chili
6. Braziliya
7. Portugaliya
8. Kolumbiya
9. Angliya
10. Avstriya


45 (43). Eron — 653

51 (48). Janubiy Koreya — 617

53 (50). Yaponiya — 607

57 (60). Avstraliya — 585

65 (67). BAA — 543

74 (71). O‘zbekiston — 470

80 (80). Saudiya Arabistoni — 432

84 (84). Xitoy — 405

86 (85). Qatar — 401

87 (82). Iordaniya — 399...

To‘liq reyting bilan ushbu havola orqali tanishib olishingiz mumkin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish