17:04 / 03.12.2015
22562

O‘zbekistonda 7ta xususiy bank faoliyat ko‘rsatmoqda

Ayni paytda O‘zbekistonda moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish bozorida 7ta xususiy va 71ta nobank tashkilot, jumladan, 27ta mikrokredit muassasasi va 44 lombard faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. O‘nlab lizing kompaniyalari ham ular safidan o‘rin olgan. Bu haqda O‘zbekiston Markaziy banki matbuot xizmati xabar qildi.

Bugungi kunda xususiy tijoriy banklar umumiy 378,7 mlrd so‘m hajmdagi kapitalga ega bo‘lib, aktivlar miqdori 2389,4 mlrd so‘mni tashkil etadi.
Depozitlarning umumiy ko‘rsatkichi 1583,6 mlrd so‘mga teng bo‘lsa, ularning kichik va xususiy tadbirkorlik sub'yektlari loyihalarini moliyalashtirishga yo‘naltirilgan kreditlar va sarmoyalar sifatidagi zaxirasi 932,8 mlrd so‘mni tashkil etadi.

Xususiy banklarning O‘zbekistondagi barcha hududlar bo‘ylab joylashgan filiallari va mini-banklari soni 129tani tashkil etmoqda.

Top