11:59 / 03.12.2015
27662

O‘zbekistonda amnistiya e'lon qilindi

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati bugun, ya'ni 3 dekabr kuni “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma uch yilligi munosabati bilan amnistiya to‘g‘risida” Qaror qabul qildi. Bu haqida, huquqshunos bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev Oliy Majlis Senatidagi manbalariga asoslanib xabar bermoqda.

Avval xabar qilinganidek, Oliy Majlisi Senatining to‘rtinchi yalpi majlisi joriy yilning 3 dekabr kuni chaqirilishi belgilangandi. Senat yalpi majlisida 15 ta masala, shu jumladan 7ta qonun ko‘rib chiqilishi nazarda tutilgan.

Olingan ma'lumotlarga ko‘ra, joriy yildagi amnistiya aktining qo‘llanish doirasida o‘tgan yildagilardan ayrim farqlar mavjud.

“Tez orada aynan qanday o‘zgarishlar ekanligiga aniqlik kiritib, amnistiya akti kimlarga nisbatan qo‘llanilishi haqida batafsil sharh berishga harakat qilaman”, - dedi X.Xudayberdiyev.

Top