Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Politsiya shefi: Kaliforniyadagi otishma oldindan rejalashtirilgan
Kaliforniya shtatining San-Bernardino shaharchasidagi jismoniy imkoniyati cheklanganlar uchun markazda otishma sodir etgan shaxslar bu hujumni avvaldan tayyorlashgani ma'lum qilindi. Bu haqda politsiya vakiliga asoslanib, Fox News telekanali xabar tarqatgan.
San-Bernardino politsiyasining ma'lumotiga ko‘ra, shubhali shaxslar "harbiy taktikadan foydalanishgan va uzoq vaqt davomida hujumni davom ettirishni ko‘zlashgan".
"Ular voqea joyiga qandaydir missiyani bajarish uchun tayyor holda kelishgan", deydi politsiya boshlig‘i.
Qayd etilishicha, jinoyatchilar hujumiga uchragach, barrikada qurgan markaz xodimlari ichkaridan olib chiqilgan.
Eslatib o‘tamiz, 3 dekabrga o‘tar kechasi Kaliforniya shtatining San-Bernardino shaharchasida (Los-Anjyeles yaqinida) noma'lum shaxslar jismoniy imkoniyati cheklangan kishilar uchun markaz hududiga bostirib kirib, tartibsiz ravishda o‘t ochishgan. Bu otishma natijasida 14 kishi halok bo‘lgan va 17 kishi yaralangan.
Otishma uyushtirganlarning shaxsi tasdiqlangan.
Hujum qilganlardan biri, ayol kishi otib o‘ldirilgan, yana biri (Said Faruq) qo‘lga olingan.
Oldingi xabarlarda bu guruh politsiya ta'qibidan qochish vaqtida bomba portlatgani aytilgandi.