Jahon | 14:48 / 03.12.2015
4199
1 daqiqa o‘qiladi

Putin Su-24 samolyotining urib tushirilishini “qabih harbiy jinoyat” deb baholadi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Federatsiya yig‘ini oldidagi chiqishi chog‘ida Turkiya tomonidan Su-24 samolyotining urib tushirilishini harbiy jinoyat deb baholadi.

“Tushunmayman, nega ular bunday ishni qildilar, - dedi Rossiya rahbari. – Har qanday muammolarni mutlaqo an'anaviy yo‘llar bilan hal qilsa bo‘lardi. Biz ular bilan eng nozik masalalarda muloqot qilishda va ularning ittifoqchilari qilmaydigan ishlarni qilishga tayyor edik”.

Putin Turkiya rahbariyati “pomidorlar otilishi” bilan qutulib qola olmasligini, Rossiya o‘z fuqarolarini o‘ldirganlarga qarshi nima qilishni bilishini ta'kidladi.

“Bu qabih harbiy jinoyat uchun javob beradiganlar albatta javob beradi, biz nima qilishimizni bilamiz”, - dedi u.

Murojaat davom etmoqda. U “Rossiya 24” telekanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish