Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 08:38 / 03.12.2015
2602
1 daqiqa o‘qiladi
Reuters: Kot-d’Ivuardagi qishloqqa hujum qilinishi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi
Liberiyalik noma'lum qurollangan kimsalar Kot-d’Ivuarning Liberiya bilan chegarasidagi qishloqqa hujum qildi. Oqibatda 11 kishi, jumladan bir nafar harbiy halok bo‘ldi. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma'lum qildi.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, bosqinchilar qishloqqa ertalabki payt hujum qilgan. Bosqinchilardan ikki nafari o‘ldirilgan.