Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shveytsariyada FIFA amaldorlarining navbatdagi guruhi hibsga olindi
Shveytsariya politsiyasi Tsyurix shahrida FIFA tizimidagi poraxo‘rlik jinoyati bo‘yicha navbatdagi hibsga olishlar amalga oshirildi.
The New York Times nashri ma'lumotiga ko‘ra, shu kunlarda Tsyurixga FIFA ijroiya qo‘mitasi a'zolari kelishgan. Mahalliy vaqt bilan soat ertalabki 6da tashkilot qarorgohiga politsiya kirib kelgan va hibsga olishlarni boshlagan.
Ma'lum qilinishicha, hisbsga olingan 10dan ortiq amaldor orasida Janubiy Amerika futbol konfederatsiyasi (KONMeBOL) prezidenti Xuan Anxel Naput va Shimoliy va Markaziy Amerika hamda Karib havzasi mamlakatlari futbol konfederatsiyasi (KONKAKAF) prezidenti Alfredo Xavit ham bor.
Bu ikki amaldor FIFAning vitse-prezidentlari hamda Ijroiya qo‘mita a'zolari hisoblanishadi.
Ular korrupsiya, "pul yuvish" va boshqa qonunbuzarliklarda ayblanmoqda. Hozirgacha hibsga olinganlar nomi e'lon qilinmadi, ammo ularning orasida Yozef Blatter va Jyerom Valke yo‘qligi aytilgan.