22:02 / 03.12.2015
3171

"Tafakkur sinovlari" ko‘rik-tanlovi finalida Toshkentdagi uchta oliygoh jamoalari g‘olib bo‘ldi

3 dekabr kuni "Tafakkur sinovlari” ko‘rik-tanlovining yakuniy final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda eng ko‘p mehnat qilgan, eng chuqur bilib olib, tinimsiz izlangan jamoalar g‘olib bo‘ldi.

"Tafakkur sinovlari - 2015” ko‘rik-tanlovining final bosqichida Toshkent davlat yuridik universitetining "Adolat” jamoasi 1- o‘rinni qo‘lga kiritdi. Toshkent davlat agrar universitetining "Agroislohotchi” jamoasi esa 2- o‘ringa sazovor bo‘ldi. 3- o‘rin Toshkent moliya institutining "Istiqlol farzandlari” jamoasiga nasib etdi.

Tanlov g‘oliblari va ishtirokchilar Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, "Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining diplom hamda qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi. Shuningdek, tanlov davomida aniqlangan turli yo‘nalishlardagi eng faol guruh a'zolari va ishtirokchilar hamkor tashkilotlarning rag‘batlantiruvchi diplom va mukofotlariga ega bo‘ldilar.

Top