14:01 / 03.12.2015
22008

Toshkent IIBB mas'ul xodimi yangi biometrik pasport orqasidagi oq qog‘ozni nima qilishni aytdi

Ma'lumki, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga berilayotgan yangi biometrik pasportlarning orqasiga oq qog‘oz yopishtirilgan bo‘ladi. Ayrim fuqarolar hatto bu qog‘ozda muhim narsalar, masalan, biometrik ma'lumotlar saqlanishi mumkinligini taxmin qilib, unga teginmaslikni ma'qul ko‘rishayotgani aytilgan edi.

Bu masalani oydinlashtirish maqsadida “Darakchi” gazetasining o‘quvchilaridan biri savol bilan murojaat qildi. Savolga Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi markaz boshlig‘i, mayor Sanjar Qosimov javob berdi.

“Bu oq qog‘ozning fuqaro uchun hech qanday zarur tomoni yo‘q, - ta'kidladi u. – Unda faqat pasportni tayyorlagan korxonaning shtrix-kodi aks etgan. Agar bu qog‘oz sizga yoqmasa, uni olib tashlashingiz mumkin”.

Top