18:53 / 03.12.2015
2952

Toshkent viloyatida Konstitutsiya kuni arafasida yangi to‘qimachilik korxonalari ishga tushiriladi

O‘zbekiston bosh qomusi konstitutsiyasi qabul qilinganining 23 yilligi arafasida «O‘zbekengilsanoat» aksiyadorlik jamiyati bir necha investitsiyaviy loyihani amalga oshirishni yakunlamoqda va ushbu loyihalar doirasida yangi to‘qimachilik korxonalari ishga tushiriladi.

UzA xabariga ko‘ra, «O‘zbekengilsanoat» aksiyadorlik jamiyati umumiy qiymati 10 million dollardan ortiq bo‘lgan uchta investitsiyaviy loyihaning amalga oshirilishi hisobidan yiliga qo‘shimcha 3,5 ming tonna kalava va 4,5 million dona tayyor buyum ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Buning samarasida 600 dan ziyod ish o‘rni yaratiladi.

Toshkent viloyatidagi «Maksim Gold» mas'uliyati cheklangan jamiyati negizida amalga oshirilayotgan investitsiyaviy loyiha nihoyasiga yetkazilmoqda. Korxonada yiliga 3,5 ming tonna kalava ishlab chiqariladi. Investitsiyaviy loyihaning qiymati 7 million dollardan iborat.

Andijon viloyatida ham qiymati 2,44 million dollarlik yana bir loyiha yakunlanmoqda. Bankrotga uchragan «Bobur» ochiq aksiyadorlik jamiyati bo‘linmalari negizida 1 million dona trikotaj buyum ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda. Ushbu loyihada «Lemon International» kompaniyasi (Gonkong) investor sifatida ishtirok etmoqda.

Jizzax viloyatidagi «Do‘stlik» mashina-traktor parki negizida yiliga 3,5 million dona tayyor buyum ishlab chiqarish o‘zlashtirilmoqda. Mazkur investitsiyaviy loyihaga «BF tekstil» qo‘shma korxonasi 600 ming dollar mablag‘ ajratdi.

Top