07:14 / 03.12.2015
4346

Turkiya bosh vaziri: Rossiyaning turk biznesini cheklovchi choralari xalqaro huquqga to‘g‘ri kelmaydi

Turkiya bosh vaziri Axmet Dovudo‘g‘lu Su-24 samolyoti tufayli Rossiyaning turk biznesiga nisbatan ko‘rayotgan cheklovchi choralari xalqaro huquqga to‘g‘ri kelmasligini aytdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma'lum qildi.   

Dovudo‘g‘lu Rossiyani ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlardagi tanglikni kamaytirish va vaziyatni muzokaralar stoli atrofida muhokama qilishga chaqirdi.   

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya tomonidan Turkiyaga qarshi ko‘rilayotgan iqtisodiy sanksiyalarni o‘sib borayotgan terrorchilik xavfi bilan bog‘liqligi va ogohlantiruvchi xarakterga egaligini aytdi.  

Avvalroq Axmet Dovudo‘g‘lu Rossiya tomonidan Turkiyaga qo‘llanayotgan sanksiyalardan ko‘riladigan ziyonni minimallashtirish uchun barcha imkoni bor narsani qilishini aytgandi.

Top