Jahon | 07:01 / 03.12.2015
7081
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiya IShIDdan neft sotib olayotgani tasdiqlansa, Iroq BMTga shikoyat qiladi

Bog‘dod agar Anqaraga neft kontrabandasi bo‘yicha qo‘yilayotgan abylovlar tasdiqlansa, zudlik bilan BMT Xavfsizlik kengashi va tegishli xalqaro tashkilotlarga shikoyat bilan murojaat qiladi, deb aytdi Iroq Mudofaa vazirligining rasmiy vakili Muhammad Nosir Nuriy. 

“Agar Iroq hukumatida Turkiya IShIDdan neft sotib olayotgani borasida yetarlicha isbot va tafsilotlar paydo bo‘lsa, u ikkilanishsiz BMT XK va barcha mas'ul xalqaro tashkilotlarga rasmiy shikoyat beradi”, deb aytdi Nuriy Sputnik agentligiga.

Nuriyning aytishicha, bugungi kunda “Iroq neftining yuk mashinalarida ba'zi davlatlarga, jumladan Turkiyaga kontrabanda qilinishi borasida ma'lumotlar mavjud”. “Bu neftdan IShIDni moliyalashtirish uchun foydalaniladi”, deb  aytdi Nuriy.

“IShID Iroq neftini Turkiyaga kontrabanda qilayotganini tasdiqlovchi yo‘ldoshlardan olingan suratlar va maxsus xizmatlar ma'lumotlari bor”, deb o‘z so‘zini nihoyaladi Nuriy. 

Avvalroq Rossiya Qurolli kuchlari bosh shtabi bosh tezkor boshqarmasi boshlig‘i Sergey Rudskoy IShID benzovozlari Suriya-Turkiya chegarasini kesib o‘tgandan keyin portlarga borib, u yerdan kemalar orqali uchinchi davlatlarga qayta ishlashga yuborilishini aytgan edi. Rossiya Mudofaa vazirligi buning isboti tariqasida matbuot-anjumanida, rossiyalik harbiylarning aytishicha, IShID nazoratidagi hududlardan Turkiyaga yo‘l olayotgan benzovozlar karvonining sun'iy yo‘ldoshlardan olingan suratlarini namoyish qildi.

Ba'zi ma'lumotlariga ko‘ra, benzovozlar yuk mashinalari ko‘rinishida niqoblanadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish