Jahon | 12:22 / 03.12.2015
2477
1 daqiqa o‘qiladi

Washington Post: AQSh tarmoqda IShIDga qarshi targ‘ibotni kamaytiradi

AQSh davlat departamenti IShID terrorchi guruhi diskreditatsiyasiga qaratilgan internet-kampaniyadan chiqish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda The Washington Post nashri yozmoqda.

Nashrning ma'lum qilishicha, bunday qaror mustaqil ekspertlar AQShning terrorchilar targ‘ibotiga qarshi internet orqali kurashishini shubha ostiga olganidan so‘ng qabul qilingan. Tahlilchilar jamoasi uch hafta mobaynida intrentda IShID va AQSh faoliyatini o‘rganib, AQSh terrorchilarga brend sifatida yutqazmoqda, degan xulosaga keldi.

AQSh tashqi siyosiy idorasi vakillari axborot kurashining ayrim jihatlariga qayta baho berilishini, kontent yaratib, uning Twitter va boshqa ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilishi esa kamaytirilishi mumkinligini xabar qilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish