Sport | 19:02 / 04.12.2015
2150
1 daqiqa o‘qiladi

Blatter va Platini 16-18 dekabr kunlari FIFA axloq qo‘mitasi oldida chiqish qiladi

FIFA prezidenti Yozef Blatter va UYeFA prezidenti Mishel Platini 16-18 dekabr kunlari FIFA axloq qo‘mitasi oldida chiqish qiladi. Eshituvlardan keyin mansabdorlarga turli jazolar qo‘llanishi mumkin bo‘ladi, deya xabar bermoqda «R-Sport».

Oldinroq yuqoridagi sanalarda Mishel Platini FIFA axloq qo‘mitasi oldida chiqish qilishi borasida xabarlar tarqalgandi.

Eslatib o‘tamiz, Platini va Blatter noqonuniy ravishda pul o‘tkazmalarini amalga oshirgani uchun futboldagi faoliyatidan 90 kun muddatga chetlatilgan bu jazo butun umrga uzaytirilishi mumkinligi borasida ham xabarlar tarqatilgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish