Jahon | 16:52 / 04.12.2015
3815
1 daqiqa o‘qiladi

Bundestag o‘z harbiylarini Suriyaga yuboradigan bo‘ldi

Germaniya parlamenti mamlakat harbiy xizmatchilarining IShID terrorchi guruhiga qarshi operatsiyada ishtirok etishiga ruxsat berdi. 598 deputatdan 445 nafari roziligini bildirdi, 146 nafari esa bunday fikrga qo‘shilmadi. 7 deputat fikr bildirmadi.

1 dekabr kuni Germaniya hukumati mamlakat harbiy kuchlarining aksilterror missiyasida ishtirok etishini tasdiqlagan edi. Suriya va Iroqdagi operatsiyalarda ishtirok etishi mumkin bo‘lgan harbiy xizmatchilarning maksimal miqdori 1.2 ming kishini tashkil qiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish