07:05 / 04.12.2015
3135

Dmitriy Peskov: Suriya armiyasi saflarida rossiyalik harbiylar yo‘q

Rossiya prezidenti matbuot kotibi rossiyalik harbiylar IShID bilan kurashayotgan Suriya armiyasi harakatlarini boshqarishni amalga oshirmaydi, deb aytdi. Bu haqda “Interfaks” axborot agentligi ma'lum qildi.  

Jurnalistlardan biri Peskovdan Vladimir Putinning IShID bilan kurashdagi muvaffaqiyatlar “havodan ishlayotgan va Suriya armiyasi bo‘linmalarini boshqarayotgan” rossiyalik harbiylar tufayli yuz berayotgani rossiyalik harbiylar suriyalik hamkasblarining harakatlarini boshqarayotganini anglatadimi, deb so‘raganda Peskov “Yo‘q, mutloq anglatmaydi”, deb javob berdi.

Peskovning aytishicha, “hujumkor harakatlarning havodan turib qo‘llab-quvvatlanishi amalga oshirilganda, jangovor sharoitlarda ma'lumotlar bilan faol almashuv boradi”. Matbuot kotibi “aynan shu narsa nazarda tutilgan” deb ta'kidlab o‘tdi.

Peskov, shuningdek, “Suriya armiyasi saflarida rosiyalik harbiylar bormi?” degan savolga “yo‘q” deb javob berdi.

Avvalroq Vladimir Putin rossiyalik harbiylarni davlat mukofotlari bilan taqdirlash chog‘ida Suriyaning Su-24 samolyoti urib tushirilgan hududida jangarilar tomonda rossiyaliklar jang qilayotganini aytgandi.

Top