Fan-texnika | 22:39 / 04.12.2015
5764
1 daqiqa o‘qiladi
Hyundai ning vodorodli krossoveri tezlik bo‘yicha rekord o‘rnatdi
Vodorodli krossover Hyundai Tucson yo‘ltanlamaslar ichida tezlik borasida rekord o‘rnatdi. Uning videoroligi YouTube da namoyish etildi.
Sinov paytida Hyundai krossoveri soatiga 94,6 mil (152,2 km) tezlikda harakatlangan. Aslida uning eng yuqori tezlik darajasi soatiga 100 mil (161 km) ni tashkil etadi.
Yo‘ltanlamasni sinov vaqtida kim boshqargani noma'lum.
Joriy yilning avgust oyida vodorodli Hyundai Tucson uzoq masofaga yurish borasida ham rekord o‘rnatgan edi. O‘shanda u soatiga 100 km tezlikda harakatlanib, 2383 km masofoni bosib o‘tgan edi.