17:02 / 04.12.2015
4417

Independent: Kemeron britaniyaliklarning 30 millionlik qismini terrorizm tarafdorlari deb atadi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron mamlakat harbiylarining Suriyada jangarilarga qarshi amaliyotlar o‘tkazishiga qarshilarni terrorizm tarafdorlari sifatida bilishini ma'lum qilgan.

Jamoatchilik fikrini o‘rganish maqsadida o‘tkazilgan so‘rovnomaga ko‘ra, mamlakat aholisining deyarli yarmi Buyuk Britaniya samolyotlari Yaqin Sharq hududida bombalash ishlarini o‘tkazishga qarshiligini bildirgan. Kemeronning fikricha, ayni vaqtda mamlakatda terrorchilarga moyillik bildirgan 30 million atrofidagi kishi yashamoqda. Maqola muallifining yozishicha, "bunday ko‘p tarafdorlari bilan IShID saylovda g‘alaba qozonishi mumkin".

The Independent kolumnisti IShIDning paydo bo‘lishi xorijiy kuchlarning Iroqqa bostirib kirishi ortidan yuzaga kelganini eslatib o‘tadi. O‘shanda siyosatchi Hillari Benn ham Iroqqa kirishni ma'qullagan, o‘shanda xato qilishganini anglab yetgan bir qator siyosatchilar, xususan Benn xonim Suriyadagi harbiy amaliyotlarga qarshilik ko‘rsatmoqda.

"Hozircha bu bombalashlarning oqibati qanday bo‘lishini aniq aytib bo‘lmaydi. Lekin 10 yildan keyin britaniyalik siyosatchilar bu qarorning ham jiddiy xato bo‘lganini tan olishadi", deb yozadi muallif.

Bundan oldinroq, Germaniya kansleri Angela Merkel Buyuk Britaniyaning Suriyadagi harbiy amaliyotlarga qo‘shilishini samarali bo‘lishi haqida aytib o‘tgandi.

Top