07:58 / 04.12.2015
3881

Iroq o‘z hududida xorijiy harbiylarining quruqlikdagi amaliyotlarga kirishini agressiya deb baholaydi

Iroq bosh vaziri Haydar al-Abadining ma'lum qilishicha, Iroq hududida quruqlikdagi amaliyotlarni o‘tkazishga hojat yo‘q. Bu haqda u o‘z feysbukida yozgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda hech qaysi davlatning Iroq yerlariga kirishga huquqi yo‘q. U shunga o‘xshash holat yuz bersa, bu agressiya sifatida baholanishini bildirgan.

Biroz oldinroq, Oq uydagilar AQSh harbiylarining Iroqdagi IShID kuchlariga qarshi maxsus bo‘linmalarni jo‘natishi bo‘yicha tashabbusni iroqliklar qo‘llab-quvvatlashi haqida aytgandi.

Top