23:27 / 04.12.2015
2941

Luis Enrike: “Messi, Neymar va Suares – futbol tarixidagi eng yaxshi uchlik”

“Barselona” bosh murabbiyi Luis Enrike katalon klubi hujum chizig‘i haqidagi fikrini aytib o‘tdi.

“Messi, Neymar va Suares – “Barselona” va aytishga botina olaman, futbol tarixidagi eng yaxshi uchlik.

Bu uchlikda juda yuqori shaxsiy texnik darajaga ega uch futbolchi birlasha olgan. Ular juda ko‘plab imkoniyatlar yaratishadi, juda ko‘p gol urishadi, ularda shunday yakdillik mavjud.

O‘ylaymanki, “Barselona”ning eng yangi tarixida bunday holat avval bo‘lmagan”, deb aytdi ispan mutaxassisi.

Top