Jahon | 00:46 / 04.12.2015
4687
1 daqiqa o‘qiladi

Merkel Britaniyaning Suriyadagi IShID marralariga bergan aviazarbasini samarali deb baholadi

Buyuk Britaniya bosh vaziri mamlakatning harbiy operatsiyalari borasida Devid Kemeron Britaniyaning Suriyadagi IShIDning neft manzillariga bergan aviazarbalarini “ta'sirchan” deb baholgan Germaniya kansleri Angela Merkel bilan maslahatlashdi.

Bu haqda tomonlarning hukumat saytida ma'lum qilingan.

Merkel bilan qo‘ng‘iroqlashuv davomida tomonlar “IShIDni zudlik bilan yo‘q etish” masalalarini muhkoma etishgan. Shuningdek, Suriyadagi siyosiy yechim borasidagi shartnomani taminlash borasida ham maslahatlashuv bo‘lib o‘tgan.

Ma'lum bo‘lishicha, Britaniya bosh vaziri “muammoni hal etishda Germaniyaning harbiylarni safarbar etishi hamda koalitsiyani zarur qurol-yarog‘ bilan ta'minlayotganini olqishlagan”.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish