Jahon | 14:22 / 04.12.2015
4364
2 daqiqa o‘qiladi

OAV: Qohiradagi tungi klubga uyushtirilgan hujum qurbonlari soni 18 nafarga yetdi

Misr poytaxti Qohira shahridagi tungi klubda noma'lum shaxs tomonidan ichiga yonilg‘i to‘ldirilgan shishaning uloqtirilishi natijasida kelib chiqqan yong‘inda halok bo‘lganlar soni 18 nafarga yetdi, deya xabar bermoqda mahalliy “Al-Vatan” nashri o‘z internet saytida.

Bundan avvalroq esa 12 kishining halok bo‘lgani xabar qilingan edi.

4 dekabrga o‘tar kechasi noma'lum shaxs Misr poytaxtidagi Al-Nil ko‘chasidagi tungi klublarning biriga ichiga yonilg‘i to‘ldirilgan shishaning uloqtirgan edi. Mavjud ma'lumotlarga ko‘ra, hodisa Al-nil ko‘chasidagi “Shahrizod” mehmonxonasiga tutash binoda sodir bo‘lgan. Vafot etganlar va jarohatlanganlarning barchasi, mahalliy aholi vakillaridir. Ularning aksariyati esa restoran ishchilaridir. Hodisa joyida qutqaruvchilar ish olib bormoqda.

Nashrning huquqni muhofaza qilish organlaridagi axborot manbasiga asoslanib xabar berishicha, hujumga jinoyatchi va klub o‘rtasidagi kelishmovchilik sabab bo‘lgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish