Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Suriya muxolifati vakillari Ar-Riyodda 8-9 dekabr kunlarida uchrashuv o‘tkazadi
Siyosiy va harbiy guruhlardan iborat Suriya muxolifati 8-9 dekabr kunlarida Saudiya Arabistonida Suriya hukumati vakillari bilan uchrashishi mumkin. Bu haqda TASS muxolifat va qayta qurish kuchlari milliy koalitsiyasi vakili Samir an-Nasharga tayanib xabar tarqatmoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, zaruriyat tug‘ilganda muzokaralar 10 dekabr kuni davom etishi mumkin.
«Uchrashuv Ar-Riyodda seshanba va chorshanba kunlari bo‘lib o‘tadi. Balki payshanba kuniga ham cho‘zilishi mumkin», - deya an-Nasharning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Associated Press.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yig‘ilishda muxolifat va qayta qurish kuchlari milliy koalitsiyasidan 20 kishi ishtirok etadi. Shuningdek yana 10 nafar Suriyaning boshqa muxolifat kuchlari vakillari ham taklif etiladi.
Ammo «Qohira konferensiya» guruhi vakillari bergan ma'lumotga ko‘ra, yig‘ilishda 85 nafar, jumladan 15 nafar harbiy guruh vakillari ham ishtirok etadi.
Muxolifat vakillari uchrashuviga IShIDga qarshi kurashda eng samarali harakat qilgan suriyalik kurdlar partiyasi «Demokratik Kengash»dan hech kim taklif qilinmagan.