17:48 / 04.12.2015
6631

"O‘zbekiston belgisi" ko‘krak nishonlari sohiblariga topshirildi

4 dekabr kuni poytaxtimizdagi "Turkiston" san'at saroyida "O‘zbekiston belgisi" ko‘krak nishoni sohiblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda fan, ta'lim, sog‘liqni saqlash, moliya, iqtisod, tadbirkorlik, fermerlik, sport, qurolli kuchlar, huquq-tartibot, madaniyat, san'at, OAV, jamoat tashkilotlari kabi yo‘nalishlar bo‘yicha 22 nafar yosh taqdirlandi.

Eslatib o‘tamiz, "O‘zbekiston belgisi" ko‘krak nishoni 2003 yilda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan. "Kamolot" YoIH hamkorligida shu kungacha 435 nafar yosh yigit-qizlar mazkur mukofotga sazovor bo‘lgan.

Marosimda o‘z faoliyati davomida yoshlarga namuna bo‘lgan bir qator murabbiylar ham taqdirlandi.

Mirjahon Yusupov, O‘zDJTU talabasi

Top