Sport | 10:21 / 04.12.2015
2088
1 daqiqa o‘qiladi

Peres: Zidan a'lo darajadagi murabbiy bo‘lishi mumkin, ammo «Real»ni hozir Benites ham yaxshi boshqarmoqda

«Real» prezidenti Florentino Peres «Real Madrid Kastilya» bosh murabbiyi Zinedin Zidan Madridning bosh jamoasini boshqarishi mumkinligi haqidagi fikrlarga o‘z munosabatini bildirdi.

«Menga futbolchi va murabbiy Zidan yoqadi. U o‘zini top-murabbiy bo‘lishga tayyorlamoqda. Men unga eng yaxshi tilaklarimni bildiraman. U shu yo‘nalishda davom etib, ajoyib murabbiyga aylanishi mumkin.

Hozirda «Real»ni Rafa Benites boshqarmoqda va u o‘z ishini yaxshi bajarmoqda. U o‘z ishi bilan mashg‘ul bo‘lishi uchun uni tinch qo‘yishimiz kerak. Biz bitta yomon o‘yin o‘tkazdik – «Barselona»ga qarshi. Hozir kerakli yo‘nalishga qaytyapmiz», – deydi Peres.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish