Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poroshenko Ukraina politsiyasi korrupsiyadan qutulganini aytdi
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko politsiya xodimlari orasida korrupsiya bitganini, lekin, shunga qaramay, korrupsiya davlatning asosiy muammolaridan biri bo‘lib qolayotganini aytdi. Bu haqda Le Figaro nashri yozmoqda.
“Yarim yil avval faqat 7 foiz ukrainaliklar politsiyaga ishonishlarini ma'lum qilishgan edi. Bugun bundaylar soni 70 foizni tashkil qilmoqda. Chunki politsiyada korrupsiya urchimayapti”, - dedi u.
Poroshenkoning so‘zlariga qaraganda, yarim yil ichida hukumat oxirgi 40 yildagidan ko‘ra ko‘proq islohotlar o‘tkazgan, buning natijasida inflyatsiya va byudjyet defitsiti kamayib, bank tizimida o‘zgarishlar amalga oshgan.