22:32 / 04.12.2015
11051

Putin va Nazarboyev IShIDga qarshi keng ko‘lamli koalitsiya yaratishni muhokama qilishdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali bir qator xalqaro va mintaqaviy muammolarni, jumladan terrorchilik va ekstremistik guruhlar, birinchi navbatda IShIDga qarshi keng ko‘lamdagi koalitsiya yaratish masalasini muhokama qildi. Kreml matbuot xizmati ma'lum qilishicha, suhbat Nazarboyev tashabbusi bilan bo‘lib o‘tdi.

Bundan tashqari, “21 dekabrda bo‘lib o‘tadigan Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish kontekstida Ukraina-YeI uyushmasi haqidagi kelishuvning iqtisodiy qismi kuchga kirishi mavzusiga to‘xtab o‘tildi”, deb xabar bermoqda Kreml.

Top