22:41 / 04.12.2015
32049

Rossiya va O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Islom Karimovning Rossiyaga safariga tayyorgarlikni muhokama qilishdi

Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Grigoriy Karasin va O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning Rossiyaga safariga tayyorgarlikni muhokama qilishdi, deb xabar bermoqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi.

“O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri A.X.Komilov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, unda O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning Rossiyaga tashrifiga tayyorgarlik orqali ikki tomonlama munosabatlarning masalalari muhokama qilindi”, deyilmoqda xabarda.

Tomonlar turli darajadagi aloqalarning yuqori jadalligi va bir qator sohalarda Rossiya-O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar amaliy vazifalarining yechimini ta'kidlab o‘tdilar. Bundan tashqari, diplomatlar mintaqadagi xavfsizlik masalalarini ham muhokama qilishdi.

“Ikki tomon Afg‘onistondagi vaziyatning yomonlashishi va Markaziy Osiyo hududidagi xavotirli tendensiyalarning oshishi bilan kuchayib borayotgan terrorchilik xavfiga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro sa'y-harakatlarni muvofiqlashtirish kerakligini aytishdi. Rossiya tomoni Markaziy Osiyoda tinchlikning beqarorlashuviga yo‘l qo‘ymaslik uchun mintaqa davlatlari bilan turli yo‘nalishdagi o‘zaro harakatlarga tayyorgarligini bildirdi”, deb aytilmoqda xabarda.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin iyul oyida Ufada bo‘lib o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida Islom Karimovni Rossiyaga tashrif buyurishga taklif qilgandi. Uchrashuv 2015 yilda bo‘lib o‘tishi mumkinligi aytilgandi.

Top