15:11 / 04.12.2015
4614

Sankt-Peterburgda noma'lum shaxslar politsiya avtomobilini o‘qqa tutib, yondirib yuborishdi

Sankt-Peterburg shahrida noma'lum shaxslar tomonidan politsiya avtomobili o‘qqa tutildi. Bu haqda "Fontanka.ru" xabar bergan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, bu hujum natijasida 2 nafar politsiyachi (ulardan biri podpolkovnik) halok bo‘lgan va biri jarohatlangan.

O‘qqa tutilgach, yonib ketgan avtomobil OMONga tegishli bo‘lgan.

Guvohlarning ma'lum qilishicha, o‘qqa tutuvchilar raqamsiz, to‘q qora rangdagi avtomobilda ("Shevrole Lanos") voqea joyidan jo‘nab ketishgan.

Ushbu voqea mahalliy vaqt bilan soat 11:00 atrofida, Murinskiy ko‘chasida ro‘y bergan. Guvohlarning aytishicha, avvaliga o‘qlarning kuchli ovozi eshitilgan va so‘ng atrof tutun ichida qolgan.

Top