07:49 / 04.12.2015
8605

Turkiya Suriya bilan chegarasini yopib qo‘yishdan bosh tortdi

Turkiya bosh vaziri Ahmad Dovudo‘g‘lining ma'lum qilishicha, Turkiya Suriya bilan chegarasini IShID jangarilari faol hududlarga yaqin qismlarini yopib qo‘ymaydi. Bu haqda The Hurriyet Daily News xabar tarqatgan.

Bosh vazir buni Suriyadan keladigan qochqinlar yo‘lini to‘sib qo‘ymaslik bilan izohlagan.

"Biz ma'naviy burchimizni anglagan holda Suriyadan qochqinlarni qabul qilishda davom etishimiz kerak. O‘z navbatida mamlakat chegaralari xavfsizligi va xalqimiz tinchligi haqida ham qayg‘urishimiz kerak. Biz IShIDning mavjudligidan eng ko‘p zarar ko‘rayotgan davlatmiz", degan u.

Bundan tashqari, Dovudo‘g‘li Turkiya chegarani yopishi uchun 30 ming askar jo‘natishi va chegara chizig‘i bo‘ylab har 3 metrda kuzatuv minoralari o‘rnatishi kerak bo‘ladi. Mamlakat byudjyeti esa bunday xarajatlarni ko‘zda tutmagan.

Bundan oldinroq, Rossiya Mudofaa vazirligi Turkiya-Suriya chegarasidagi benzovozlar fotosuratlarini e'lon qilgandi.

Top