Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya va Ozarbayjon TANAP gaz loyihasini jadallashtiradi
Turkiya va Ozarbayjon Transanatoliya gaz quvuri (TANAP) qurilishini 2018 yilgacha bitirish haqida kelishuvga erishishdi. Bu haqda Reuters agentligi Turkiya bosh vaziri Ahmat Dovudo‘g‘lining Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan muzokaralari yakunlariga ko‘ra bergan matbuot anjumanidagi so‘zlariga tayangan holda ma'lumot bermoqda.
Ilgari loyiha 2019 yil oxirigacha amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan edi.
TANAP Ozarbayjon gazini Turkiya va Yevropaga yetkazib berishni ko‘zlab amalga oshirilayotgan loyihadir. Ayniqsa Anqara va Moskvaning munosabatlari yomonlashganidan so‘ng unga bo‘lgan ehtiyoj ortdi. Ekspertlarning fikricha, aynan shu sababdan qurilish ishlari jadallashtirilmoqda.