Jahon | 19:57 / 04.12.2015
7678
1 daqiqa o‘qiladi

Yuk tashuvchi haydovchilar tomonidan to‘sib qo‘yilgan Moskvadagi kichik halqa avtomobil yo‘liga harbiylar bo‘lgan yuk mashinalar yo‘l oldi

Harbiy yuk mashinalari Moskvaning Ximki tumaniga, ya'ni uzoq masofalarga yuk tashuvchi haydovchilar tomonidan norozilik ramzi sifatida yopib qo‘yilgan Moskva kichik halqa avtomobil yo‘li (KHAY) hududiga yo‘l oldi, deb xabar bermoqda guvohlarga iqtibos keltirgan holda MR7.ru portali.

4 dekabrda kunduzi haydovchilar KHAYni to‘sib qo‘yishgani sababli 10 kilometrlik tirbandlik yuzaga keldi. Portalning ta'kidlashicha, yuk mashinalari uch qator bo‘lib Leningrad shossesi hududida turibdi.

Guvohlarning aytishicha, 10 ta harbiy yuk mashinasi yo‘l politsiyasi hamrohligida Moskva shimolidagi KHAY hududiga yo‘l olgan.

Yuk mashinalari haydovchilarining norozilik aksiyasi hukumat bilan kelishilmagan holda o‘tkazilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish