20:30 / 04.12.2015
9166

Zlatan Ibrohimovichda dunyoning eng boy futbolchisiga aylanish imkoniyati paydo bo‘ldi

"PSJ" jamoasining shvetsiyalik hujumchisi Zlatan Ibrohimovichga Xitoydan taklif paydo bo‘ldi.

34 yoshli futbolchining parijliklar bilan amaldagi shartnomasi 2016 yilning yoziga qadar tuzilgan. Hozircha bu shartnomani uzaytirish haqida gaplar yo‘q. Ko‘p ehtimol bilan futbolchi keyingi mavsumni boshqa jamoada davom ettiradi.

A Bola nashrining yozishicha, Xitoyning "Tszyansu" jamoasi ushbu mashhur futbolchini transfer qilishni istamoqda. Bu jamoa yaqindagina o‘ziga badavlat homiy topgan va tarkibini kuchaytirishga kirishgan. Ular transferlar uchun 200 million yevro sarflashni rejalashtirishgan va o‘zlarining asosiy maqsadi bo‘lmish Zlatan Ibrohimovichga u istagan miqdordagi maoshni to‘lashga tayyorligini aytishgan.

Futbolchiga shuningdek, Roman Abramovichning "Chelsi" jamoasidan ham jiddiy qiziqish mavjud.

Top